Saytning yangi varianti

Telekommunikatsiya

Telekommunikatsiya tarmog'ining holati va rivojlanish istiqbollari

Telekommunikatsiya tarmoqlarining evolyutsiyasi o'z ichiga bizning Respublikamizda bosqichma-bosqich yuz beradigan raqamli tarmoqlarga qonuniy o'tishni oladi.

Mamlakat Hukumati tomonidan 2002 yilning 6 iyunida «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 200-son qaror qabul qilindi. Ushbu qarorning maqsadi raqamli ma'lumotlar uzatish tizimi va raqamli kommutatsiya uskunasi bazasida telekommunikatsiya milliy tarmog'ini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, yagona ilmiy-texnik va investitsiya siyosatini o'tkazish, telekommunikatsiya sektoridagi korxonalarning barqaror va samarali faoliyatiga erishish, mamlakat iqtisodiyoti va aholisining aloqa xizmatlariga bo'lgan ehtiyojlarini har tomonlama qondirish edi.

Keyingi 10 yil ichida 2,5 mlrd. AQSh dollari umumiy miqdoridagi amalga oshirilgan 40 dan ortiq loyihalar natijasida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo'lgan holda barcha shaharlararo va xalqaro telefon stantsiyalarini hamda 97,5 foiz mahalliy telefon stantsiyalarini raqamlashtirishga erishildi. Respublikaning barcha viloyat markazlaridagi va Qoraqalpog'iston Respublikasidagi analog avtomatik shaharlararo telefon stantsiyalari (AShTS) raqamli telefon stantsiyalariga almashtirildi.

Respublika telekommunikatsiyalar tarmog'ining rivojlanish dinamikasi

Ko'rsatkich O'lch.birl. 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012
ATS montaj qilingan sig'imi ming nomer 2007 2014 2014 2122 2086 2094 2074 2023
Raqamlashtirish darajasi % 48 76 85 86 92 94 95 97
OTAL va RRL davomiyligi km. 8093 10267 10765 11650 11946 14019 15070 15288



Aloqa xizmatlari Zonaichi, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari Hududlar bo'yicha telefon aloqa xizmatlari Telefon kodlari: O'zbekiston, Xalqaro, Mobil Telekommunikatsiya xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha «Yagona oyna» markazlarining manzillari Shoshilinch va ma'lumot xizmatlarining telefon nomerlarini xalqaro standartlarga muvofiq holga keltirish maqsadida 2012 yilning 5 aprelidan Toshkent shahri bo'yicha quyidagi nomerlar amalga kiritildi:

* “01” (yong'in xizmati) - “101”;

* “02” (militsiya) - “102”;

* “03” (tez yordam) - “103”;

* “04” (gaz xizmati) - “104”;

* “050” (qutqaruv xizmati) - “1050”;

* “0xx” (boshqa xizmatlar) - “10xx”.

Ma'lumot uchun 200-31-31 telefon nomeri orqali murojaat qilinsin.