Saytning yangi varianti

Sohada bo’sh ish o’rinlari

O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tizimidagi korxonalarga mutaxassislarni ishga taklif etadi

Majburiyatlar:

- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini strategik rejalashtirish va prognozlashtirish
- Biznes-jarayonni qayta tashkil etish
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish holatini tahlil qilish va baholash
- Elektron hukumat arxitekturasini loyihalashtirish
- Axborot tizimlarini loyihalashtirish
- Axborot texnologiyalarini ekspertizadan o‘tkazish
- Ma’lumotlar bazasini rivojlantirish
- Axborot resurslarini rivojlantirish
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini rivojlantirish
- Elektron hukumat tizimi foydalanuvchilarining yagona identifikatsiyalash tizimini
rivojlantirish
- Idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini rivojlantirish
- Moliya-iqtisod tahlili
- Erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minot
- AKT bo‘yicha menejer va konsultant
- Internet tarmog‘i xavfsizligi
- Kompyuter xodisalariga tezkor chora ko‘rish
- Axborot xavfsizligini ta’minlash vositalarini rivojlantirish
- Axborotlashtirish ob’ektlarini attestatsiyalash va ekspertizadan o‘tkazish
- Ma’lumotlar axborot xavfsizligini ta’minlash
- AKT sohasida xalqaro munosabatlar
- Sifat menejmenti tizimi bo‘yicha menejer
- Risk-menejer
- Yurist
- Buxgalter
- Xodimlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassis
- Texnik loyihachi

Talablar:

aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot biznesi, iqtisodiyot, xalqaro munosabatlar, menejment, moliya, sug‘urta, sertifikatlashtirish va standartlashtirish, siyosatshunoslik, yuridik va boshqaruv sohasidagi oliy va o‘rta maxsus ma’lumot;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, menejment, iqtisod hamda ma’muriy va korporativ boshqaruv sohalarida bilim, tushuncha va amaliy tajribaga ega bo‘lishi;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, menejment, iqtisod hamda ma’muriy va korporativ boshqaruv sohalarida kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi lozim.

Nomzodlarning chet tillarini bilishi qo‘llab-quvvatlanadi.

Nomzodlar ob'ektivka-ma'lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Kadrlar bo‘limiga 2013 yil 25 oktyabrga qadar quyidagi manzilga taqdim etishi lozim:

Toshkent shahar, A.Temur shoh ko‘chasi, 4-uy yoki elektron pochta orqali: HR@ccitt.uz.

Ma’lumot uchun telefonlar: 2384116, 2384143, 2384312.