Saytning yangi varianti

Savol va javoblar

Tumanimiz markazidagi internet-kafelarda internet judayam sekin ishlaydi. Biror bir ma'lumotni olish yoki kimgadir jo'natish uchun uzoq kutish lozim. Ammo to'lov soatiga qarab olinadi. Shu to'g'rimi?

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasidan aholiga internetdan jamoaviy foydalanish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya olayotgan tadbirkorlik sub’ekti, kelishuvga binoan aholiga sifatli internet xizmatini ko‘rsatish majburiyatini oladi. Mazkur tadbirkorlik sub’ekti unga xizmat ko‘rsatayotgan provayderdan o‘z punktidagi kompyuterlar miqdoridan kelib chiqib tanlamasligi internet tezligi sekinlashish holati kuzatiladi. Ushbu masala yuzasidan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalari sohalarining davlat nazorati bo‘yicha Davlat inspeksiyasining hududiy bo‘linmasiga murojaat qilish kerak. Inspeksiya mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’iy nazar pochta va telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amaldagi qonun va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablari hamda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi belgilangan sertifikatlashtirish tartibi bajarilishining davlat nazorati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hamda pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subektlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar sifatini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Aholiga yuyuqori tezlikdagni internetni taqdim etish maqsadida barcha tuman va shaharlarda optik aloqa tolali telekommunikatsiya xizmatlarini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar olib borilmoqda. Mazkur FTTX texnologiyasi soniyasiga 100 mb.gacha tezlikdagi ma’lumot olish va uzatish imkonini beradi. 

Axborot texnologiyalari kasb-xunar kollejini tamomlab, kelgusida umumta'lim maktabidagi axborot-resurs markazida mutaxassis bo'lib ishlash mumkinmi?

- Axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejini tugatib, kelajakda o'rta ta'lim muassasasi axborot resurs markazida mutaxassis bo'lib ishlash huquqi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustdagi 181-son qarori bilan tasdiqlangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori”ga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Foydalanayotgan mobil aloqa vositalarimizning hammasi xorijniki. Qachon o'zimizda shunday texnologiyalar ishlab chiqarish yo'lga qo'yiladi. Bu borada biror bir istiqbol rejasi bormi?

- Dunyodagi barcha mobil aloqa vositalarining 90% dan ortig'ini beshta kompaniya - Samsung, Nokia, Apple, LG va ZTElar ishlab chiqaradi. Yuqori darajadagi raqobat tufayli Siemens (Germaniya), Alcatel (Fransiya) va Ericsson (Shvesiya) kabi dunyoga tanilgan kompaniyalar o'z ishlab chiqarishlarini Xitoydagi ishlab chiqaruvchilarga sotishga majbur bo'lishdi. Jahondagi birinchi uyali telefon ishlab chiqaruvchisi xisoblangan Motorolla (AQSh) kompaniyasida ham katta moliyaviy muammolar mavjud. Shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, smartfonlarni (iPhone) sotish bo'yicha jahonda birinchilardan hisoblangan dunyoda eng yirik AT-Kompaniya Apple (AQSh) o'z mahsulotlarini Xitoyda va boshqa Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ishlab chiqaradi.

Bugungi kunda mobil aloqa operatorlarining savdo belgisi ostida “brendlangan” deb nomlanuvchi mobil aloqa vositalarini ishlab chiqarish jahon miqyosida odatga aylangan. O'zbekistondagi barcha mobil aloqa operatorlari telefonlarni bevosita jahon ishlab chiqaruvchilariga buyurtma berishadi, bu telefonlar O'zbekiston aloqa operatorlari savdo belgisi ostida bozorda kompaniyaning xizmatlari to'plami bilan birga sotiladi. Bunday hamkorlik telefon apparatlari qiymatining pasayishiga ham imkon beradi, chunki ular operatorlari uchun savdo vositachilarisiz va ustamalarsiz to'g'ridan to'g'ri ishlab chiqariladi. Ushbu telefonlar texnik va til parametrlari bo'yicha O'zbekiston bozori sharoitiga moslashtirilgan, shuningdek, tegishli kafolat xizmatlari ko'rsatiladi.

O'zbekistonda mobil aloqa vositalarini ishlab chiqarish masalasiga kelsak, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 30 maydagi 156-son qarorini bajarish, shuningdek, “Telecom innovations” MChJ QK negizida smartfonlar, planshetli kompyuterlar va internet pristavkalarni ishlab chiqarish/yig'ishni tashkil etish” investitsion loyihasini amalga oshirish maqsadida “O'zbektelekom” AK tomonidan “Navoyi” EIIG' da “Olive Telecommunication Pvt. Ltd.” hind kompaniyasi bilan qo'shma korxona tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu investitsion loyihaning birinchi bosqichida “Olive Telecommunication Pvt. Ltd.” mobil va statsionar telefonlarni, CDMA-450 standartidagi modemlarni, shuningdek, internet pristavkalarini ishlab chiqarish o'zlashtiriladi.

Tashkilotimizning “UZ” domenida sayti ochilgan. Undan foydalanishni pullik asosga o'tkazmoqchimiz. Shunday qilishga qonuniy haqqimiz bormi?

- O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslarini shakllantirish tartibi to'g'risidagi Nizom ilovasining 2.1.-bandi bilan bazaviy axborot xizmatlaridan tashqari, davlat organi rasmiy sayt orqali qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, pulli asosda qo'shimcha xizmatlar ko'rsatishi mumkinligi belgilangan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda veb-sayt orqali pullik xizmat ko'rsatishni o'rnatilgan tartibda amalga oshirish mumkin.

Korxonamiz xodimlari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida WI-FI tizimini o'rnatmoqchimiz. Bu masalada kimga murojaat qilishimiz kerak?

- Korxonangizda Wi-Fi texnologiyasi asosida lokal tarmoqni ishga tushirish uchun tegishli ruxsatnomaga ega bo'lgan telekommunikatsiya xizmatlarini ko'rsatuvchi operator va provayderlarga murojaat qilishingiz mumkin.

Internet kafe ochishga litsenziya olishim uchun kanday xujjatlar talab etiladi? Litsenziyani davlat tomonidan belgilangan narxi kancha va kancha muddatga olsa buladi?

Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizom”ga asosan amalga oshiriladi.

Mazkur Nizomning 4-bandi bilan yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (akka tartibdagi tadbirkorlar)ning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini amalga oshirishi taqiqlangan.

Jamoat foydalanish joylarida Internet tarmog‘idan axborot olish imkonini berish (Internet kafe) maqsadida faoliyat yuritish uchun o‘z tarmog‘ini tashkil etish huquqisiz ma'lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatga litsenziya olishga litsenziya talabgori (uridik shaxs) litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

a) o‘rnatilgan shaklda litsenziya olish uchun ariza;

b) yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnomaning nusxasi;

v) litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorining arizasini ko‘rib chiqishi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;

g) sanitariya, yong‘in normalari va obyektni qo‘riqlash talablariga muvofiqlik to‘g‘risida tegishli organlarning xulosasi;

d) boshqa shaxsga tegishli asbob-uskunadan foydalanish mo‘ljallanayotgan taqdirda ushbu asbob-uskuna ijaraga olinganligi (foydalanilganligi)ni tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Tasdiqlash shartnoma yoki uning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasini taqdim etish tarzida bo‘lishi mumkin.

Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziyalar berish uchun davlat boji miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 24 oktabrdagi “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 421-sonli qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, o‘z tarmog‘ini tashkil etish huquqisiz ma'lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatga (umumiy foydalanish punktlari tomonidan xizmat ko‘rsatilishi) litsenziya uchun boj miqdori litsenziya amal qilishining barcha davriga, ya'ni 5 yilga, eng kam oylik ish haqining 10 baravarini tashkil etadi.

Qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik subyektlari umumiy foydalanish punktlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishiga litsenziya uchun boj miqdori 5 yilga eng kam oylik ish haqining bir baravariga teng.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Litsenziyalash va litsenziya shartnomalari ijrosini tahlil qilish bo‘limi (tel. 238-41-37, 238-41-39, 238-41-85) orqali olishingiz mumkin.

Mamlakatimizda nechta internet provayderi faoliyat ko‘rsatmoqda? Provayderlar tomonidan taqdim etayotgan xizmatlar va ularning o‘rtasidagi farqlar xususida ma’lumot bersangiz?

Mamlakatimizda ma’lumotlar uzatish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalash, qurish, foydalanish va xizmatlar ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan operatorlar soni 102 ta. Provayderlar aholiga telekommunikatsiyaning turli texnologiyalari asosida xizmat ko‘rsatadi. Misol uchun, mobil provayderlarlarning aksariyati hozirgi kunda 3G texnologiyasi asosida xizmat ko‘rsatsa, boshqa bir provayder Wi Max texnologiyasi, yana boshqasi Wi-Fi texnologiyasi asosida, shuningdek, aksariyat provayderlar optik tolali, mis tolali aloqa kabellari yordamida internet xizmatlarini ko‘rsatmoqda. Ushbu barcha provayderlar internetga keng polosali telekommunikatsiya texnologiyalari yordamida ulanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatmoqdalar.  

Birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali UZ milliy domenlari haqida ma’lumot bersangiz?

“UZ” milliy domeniga 1995 yil 29 aprelda asos solingan. 2013 yilning 22 noyabr holatiga ko‘ra, “UZ” milliy domeni hududidagi faol domenlar soni 17100 dan ortiq. Bundan tashqari, “UZ” domeniga taalluqli uchinchi darajali yana bir necha ming domenlar ham mavjud.

«UZ» domeni - O‘zbekiston Respublikasining mamlakat kodini, shu jumladan pastki bo‘g‘in domen nomlarini ifodalovchi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maxsus vakolatli tashkilot tomonidan boshqariladigan va muvofiqlashtiriladigan domen.

Ikkinchi daraja domen nomi - «UZ» yuqori daraja domenidan chapda joylashgan, undan nuqta bilan ajratilgan va «UZ» domenining keyingi darajasini belgilaydigan domen nomi.

Uchinchi daraja domen nomi (subdomen) - Ikkinchi daraja domenidan chapda joylashgan, undan nuqta bilan ajratilgan va ikkinchi daraja domenining keyingi darajasini bildiradigan domen nomi. 

Uydagi kompyuterimni Internetga ulatmoqchi edim. Tanishlarim ADSL modem orqali ulanishni tavsiya qilishyapti. Unga qanday ulanish mumkin va ushbu xizmatning qanday ishlaydi? Umuman, internetga qanday ulangan afzal?

Tezlik – internet tarmog‘ida eng muhim qulaylik. Internet qancha tez bo‘lsa, ishlarimiz shuncha tez bitadi. Yaqin-yaqingacha ommaviy tarzda foydalanilgan Dial-up modemi yordamida internet tarmog‘iga ulanish o‘z vaqtida bir qator qulayliklarga ega bo‘lgan. Shaxsiy kompyuter egalari mazkur Dial-up modemi orqali uy telefonlarini global tarmoqqa ulaganlar. Uning qulayligi ham shunda bo‘lgan, ya’ni telefon tarmog‘i kirib borgan, olis hududlarda ham internetdan foydalanish imkoniyati bo‘lgan va nisbatan arzon bo‘lgan. Ammo ushbu modem yordamida ulanish telefonni band qilib qo‘ygan, aloqa uzilishi kuzatilgan va internet tezligi soniyasiga 4 kb.ni tashkil qilgan.

2000 yillardan boshlab internet tarmog‘iga ulanishning keyingi qulay texnologiyasi ADSL ingliz tilidan mutanosib abonent liniyasi ma’nosini beradi. Ya’ni uy telefonini ADSL modem orqali internet tarmog‘iga ulash telefonimizni band qilmaydi, ham internet, ham telefondan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyati tug‘iladi. Bu texnologiya yordamida soniyasiga 6 mbit gacha ma’lumot olish imkoniyati tug‘ildi. Dial-up ga nisbatan qimmatroq bo‘lsa ham, odamlar sifatli internetni ma’qul ko‘rishdi. ADSL modemi soniyasiga 8 mbit.gacha ma’lumotlar qabul qila olgan.

Ammo endi bu tezlik sizni qanoatlantirmasligi mukin. FTTX texnologiyasi yoki optik aloqa tarmog‘i orqali soniyasiga 100 yoki undan ortiq megabit ma’lumotni olish imkoniga egasiz. Bugun ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilayotgan keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi portlarga ko‘pchiligimiz e’tibor bermagan bo‘lishimiz mumkin. Ammo unutmang, ular yordamida siz tezkor axborot uzatish, internet telekanallarni tomosha qilish, masofaviy ta’lim olish, uzoqdagi qadrdonlar bilan yoningizdagidek suhbatlashish imkoniga ega bo‘lasiz.

FTTX texnologiyasi, ya’ni keng polosali telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish axborot almashinishda tezkorlikka erishishning oxirgi yutuqlari sirasiga kiradi. Endi nafaqat internet, balki telekanallarni ko‘rish, videotelefoniya xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Unga qanlay ulanish mumkinligini esa birgalikda o‘rganamiz.

Yaqin-aqingacha telekommunikatsiya tarmog‘ida misli kabellardan aloqa liniyalari yaratilar, bu telekommunikatsiya tarmog‘ining asosiy infratuzilmasini tashkil etar edi. 80-yillar oxiridan boshlab raqamli uzatish qurilmalari joriy etilishi natijasida tarmoqda FTTX – ingliz tilidan fiber to the x, ya’ni muayyan joygacha optik tolali aloqa liniyasi keng joriy etila boshlandi. Hozirgi kunda mamlakatimizda dearli barcha magistral, zonaichi va stansiyalararo aloqada optik tolali aloqa liniyalari qo‘llanilmoqda.

Tarkibida metall komponenti mavjud optik tolali aloqa liniyalarining asosiy ustunligi — kengpolosali, yuqori tezlikdagi trafik uzatish imkoniyati, tashqi elektromagnit ta’sirlarga kam ta’sirchanlik, yuqori sifatida.

Misol uchun, mis aloqa kabeli bir soniyada 2.5 megabit ma’lumot uzatsa, optik tolali aloqa bir soniyada bir terrabit yoki bir million megabit ma’lumotni uzatadi. Ya’ni samaradorlik 500 ming marotabaga oshadi. Optik tolali aloqa liniyalari ma’lumotni yorug‘lik tezligida yetkazadi.

Kompyuter yoki mobil aloqa vositalaringizni ushbu texnologiya asosida ishlaydigan internetga ulash maqsadida bo‘lsangiz, siz yashayotgan xonadonga optik aloqa liniyalarini olib kelgan internet provayderini aniqlang va ulanish shartlari, internet ta’riflari, tezligi va hududiy qamrovi bilan tanishib chiqing.  

Home Ethernet nima, u haqda batafsil ma’lumot bersangiz

Yangi texnologiyalar yordamida har jabhada tezkorlikka erishish, turli ishlarna oson va qulay, samarali bitkazish – bugun ko‘pchiligimizning birlamchi vazifamiz. Hayot tobora tezlashib bormoqda, hammasiga ulgurish uchun bizga haqiqiy, to‘g‘ri, ishonchli va tezkor Internet zarur. Optik tolali aloqa liniyalari asosida internet xizmatlarini ko‘rsatishning yangi texnologiyasi – Home Ethernet tezkor internetdan foydalanishni xohlaganlar uchun ayni muddao. Optik tolali aloqa liniyasi —optik tola bazasida qurilgan istalgan masofalarda provayder tuguniga abonentning ulanishi uchun eng ishonchli va barqaror texnologiyadir.

Home Ethernet tarmog‘i FTTB (Fiber to the building yoki «uygacha optika aloqa tolasini tortish») prinsipi bo‘yicha quriladi, optik aloqa tolasi sizning xonadoningizgacha kirib boradi, bu esa uzatilayotgan signalning elektrmagnit va radiochastota to‘siqlardan to‘liq himoya qiladi, internetdan yuqori tezlikda foydalanish imkonini beradi.

Optik-tola aloqa liniyasi hisoblash tizimlaridan tortib, inson faoliyatining turli sohalarida qo‘llaniladi. Bugungi kunda bu texnologiya telekommunkatsiya xizmatlarini ta’minlash uchun eng ommabop va samarali usul hisoblanadi.

Home Ethernet da aloqa ustunliklari:

Optik signallarning keng doiraliligi yuqori tezlikdagi ma’lumot o‘tkazish imkonini beradi. Bu optik aloqa liniyasi orqali soniyasiga 100 megabitgacha tezlikda axborot yetkazish mumkin.

Tolada yorqin signal so‘nishi juda kam, bu esa signallarni regeneratsiya qilmay, 100 km va undan ortiq masofaga optik-tola liniyasini qurish imkonini beradi.

Chidamliligi – optik-tola liniyalarining xizmat qilish muddati kamida 25 yilni tashkil etadi. 

Internetda veb-saytim bor. Undan foydalanuvchilarga mamlakatimizdagi FM radiokanallarini eshitish, TV kanallari dasturlarini tomosha qilish imkoniyatini yaratib bermoqchi edim. Buning uchun kimga murojaat qilishim kerak?

Internetda veb-sayt orqali tele va radiodasturlarini tarqatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida nizom”ning 3-bandiga asosan teleradioeshittirishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari loyihalashtirilishi, qurilishi, ulardan foydalanish va ularning xizmatlar ko‘rsatishi uchun litsenziya olishingiz shart. Shuningdek, Internetda veb-sayt orqali tele va radiodasturlarini tarqatish masalasini ommaviy axborot vositasi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan aniqlik kiritish maqsadga muvofiq. 

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida veb-saytlarni yaratish bilan shug‘ullanmoqchi edim. Bunday turdagi faoliyat uchun litsenziya olish shartmi?

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida veb-saytlarni yaratish, umuman olganda, dasturiy mahsulotlarni yaratish bilan shug‘ullanish uchun alohida litsenziyaga olish shart emas. Davlatimiz rahbarining 2013 yil 20 sentyabrda qabul qilingan “Mamlakatimizning dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida bu faoliyat turi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator imtiyozlar berilgan. Siz dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari Milliy reyestriga a’zo bo‘lish orqali dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiquvchilarni 2017 yilning 1 yanvarigacha barcha turdagi soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l fondiga, byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilish va yana boshqa bir qator ko‘zda tutilgan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.  

Bugungi kunda yangi ochilgan “Bolajon”, “Madaniyat va ma`rifat” hamda “Dunyo boylab” kanallarini faqat tyuner, sun’iy yo‘ldosh va boshqa texnologiyalar yordamida ko‘rish mumkin. Qachondir mazkur kanallardagi ko‘rsatuvlarni oddiy antennalarda tomosha qilis

Aloqa, axborotlashtirish sohasida raqamli texnologiyalarining joriy qilinishi har sohada, jumladan, telekommunikatsiyada ulkan yutuqlarga erishish imkonini bermoqda. Xususan, yangi texnologiyalarning joriy qilinishi natijasida an’anaviy televizion ko‘rsatuvlardan yangi, yanada sifatli bo‘lgan yerusti raqamli efir teleko‘rsatuvlariga o‘tish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Yurtimizda ham 2007 yilda, MDH mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib raqamli televideniyeni joriy etish ishlari boshlab yuborilgan. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasida raqamli televidiniyega o‘tish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yil 17 aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tishga doir Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturiy hujjat bo‘lib xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda ko‘rilgan qator chora-tadbirlar natijasida televideniye va radioning zamonaviy texnik bazasi yaratildi. Teleko‘rsatuvlarni tayyorlash va tarqatish jarayoniga zamonaviy televizion uskuna va mediatexnologiyalar muntazam joriy etilmoqda. Mazkur yutuqlar yurtimizda aholining axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiluvchi raqamli telekanallar sonini oshishiga xizmat qilmoqda.

O‘z navbatida mamlakatimizda raqamli televideniyega ikki bosqichda, ya’ni 2012-2015 va 2016-2017 yillarda o‘tish ko‘zda tutilgan. Yurtimiz hududini raqamli telekanallar signallari bilan qamrab olish 2013 yil oxiriga qadar 45 % ga yetkazilgan.

Mazkur raqamli telekanallarni raqamli signal qabul qilish qurilmasiga ega bo‘lmagan, oddiy televizor yoki an’anaviy antennalar yordamida tomosha qilish imkoniyati mavjud emas. Buning uchun televizoringizda raqamli signallarni qabul qiluvchi tyuner o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan televizorlarga bu qurilma ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘rnatilmoqda. Shuningdek, raqamli signallarni qabul qilishga mo‘ljallangan qurilmalar yurtimizda mahalliy korxonalar tomonidan ham ishlab chiqarilmoqda. 

Uyali telefonimga aloqa operatori turli xizmatlar taklif etilgan xabarlarni muntazam yuborib turadi. Bundan tashqari, har yili dekabrda davlat soliq inspeksiyasiga qo‘shimcha daromadlarim haqida ma’lumotnomani taqdim etishim kerakligidan ogohlantirilgan x

Mobil aloqa operatorlari tomonidan aholi qo‘l telefoniga keladigan sms-xabarlarni 2 turga bo‘lish mumkin:

- Kompaniya tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida (yangi xizmatlar, ta’riflar, o‘zgarishlar) boxabar qilish;

- Ijtimoiy muhofaza mazmunidagi xabarlar (ob-havo, favqulotda vaziyatlar, tegishli davlat organlarining e’loni).

Iste’molchilarining biror masala yuzasidan xabardorligini oshirish muayyan sohada xizmat ko‘rsatuvchi organning majburiyati hisoblanadi. O‘z navbatida bu axborotlarni olish har bir fuqaroning huquqidir. Agar mazkur turdagi sms-xabarlarni uzatish xizmatidan voz kechmoqchi bo‘lsangiz, sizga xizmat ko‘rsatayotgan mobil aloqa operatoriga murojaat qiling.