Saytning yangi varianti

Qo’mita yangiliklari

12
Yagona portalda tadbirkorlar uchun qo'shimcha qulaylik

Bugungi kunga qadar davlat qoliq qo'mitasi organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 480 mingdan ziyod elketron raqamli imzolar taqdim etilgan. Mazkur ERIlardan foydalangan holda aksariyat tadbirkorlar soliq va statistik hisobotlarni elektron ravishda taqdim etishni yo'lga qo'yganlar.  

E’tibor bering
10
AKTni keng joriy qilish orqali mamlakatda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish

Ishbilarmonlik doiralari faoliyatini takomillashtirish, investitsiya muhiti uchun keng shart-sharoitlar yaratish, davlat organlar va tadbirkorlr o‘rtasidagi munosabatlarda ochiqlik-oshkoralikni yanada oshirish, iqtisodiyotning xususiy sektorida yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini oshirish maqsadida 2014 yilning 7 aprelida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini va ishbilarmonlik sharoitlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №PF-4609-sonli Farmonini imzoladi.  

9
Iqtisodiyotning real sektoriga AKTni joriy qilishning muhim masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 9 aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 3 apreldagi “Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PQ-2158-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar, muhim yo‘nalishlarga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.  

6
O‘zbekiston iqtisodiyotining real sektorida AKT: iqtisodiyot tarmoqlarining rivoji va axborot tizimlariga talab va ehtiyojning o‘sishi

Mamlakat iqtisodiyotining barcha jabhalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy qilinishini jadallashtirish, boshqaruvda samaradorlikka erishish, shu orqali ularning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish maqsadida joriy yilning 2014 yil 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PQ-2158-sonli qarori qabul qilindi.  

5
O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli teleuzatish tarmoqlarini rivojlantirish yo‘lida

Joriy yilning 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli teleuzatish tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida Yapon xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2157-sonli qarori qabul qilindi.  

E’tibor bering
3
Idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 2 aprel kuni Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish tartibini takomillashtirish” mavzuida o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda Qo‘mita tizimidagi korxona va tashkilotlarning yuridik xizmatlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha mas’ullari ishtirok etdilar.  

3
Dubay shahrida Elektraloqani rivojlantirish Butunjahon konferensiyasi ish boshladi

Joriy yilning 30 mart kuni Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahrida 2014 yilda Elektraloqani rivojlantirish butunjahon konferensiyasi(WTDC-2014) o‘z ishini boshladi. 10 aprelga qadar davom etadigan xalqaro tadbirda 115 dan ziyod mamlakatning 1600 nafardan ortiq vakillari, shuningdek 70 ta hududiy va mintaqaviy tashkilotlardan, davlat va xususiy sektor qatnashchilari ishtirok etmoqdalar. Shuningdek butunjahon konferensiyasida O‘zbekiston delegsiya ham ishtirok etmoqda.  

2
Bosma OAVni yetkazib berish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 2 aprel kuni Toshkent shahrida bosma ommaviy axborot vositalarilarini tarqatishni yanada rivojlantirish, obuna narxlarini pasaytirish borasida olib borilayotgan ishlar va nashrlarning obunachilarga belgilangan muddatda yetkazib berilishini ta’minlash mavzusida matbuot anjumani tashkil qilindi. 

1
Simli va mobil telekommunikatsiya tarmoqlarining yanada sifatli faoliyatiga erishishga doir selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida Telekommunikatsiya tarmog‘ining ish sifati Kengashining 2013 yil yakunlariga bag‘ishlangan selektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda aholiga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi operatorlar, provayder va boshqa sub’ektlar ishtirok etdilar.