Saytning yangi varianti

O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli teleuzatish tarmoqlarini rivojlantirish yo‘lida

5 апреля 2014

E’tibor bering!

Joriy yilning 3 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli teleuzatish tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida Yapon xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning tijorat banklarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2157-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur Qaror “O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi”da belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish, 2017 yil oxirigacha mamlakat aholisini raqamli televideniye xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish, raqamli teleuzatishning yer usti tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu bilan birgalikda Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmoqlarini rivojlantirish” investitsiya loyihasini samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan.

Bahosi 92,0 mln AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu loyiha 2013-2018 yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Aholini 2018 yilga qadar raqamli teleuzatish tarmoqlari bilan to‘liq qamrab olish imkoniyatini beruvchi Qarorda loyiha ishtirokchilariga bir qator soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarini berish ko‘zda tutilgan. 

Muallif: Axborot xizmati