Saytning yangi varianti

Yagona portalda tadbirkorlar uchun qo'shimcha qulaylik

12 апреля 2014

E’tibor bering!

Bugungi kunga qadar davlat qoliq qo'mitasi organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga 480 mingdan ziyod elketron raqamli imzolar taqdim etilgan. Mazkur ERIlardan foydalangan holda aksariyat tadbirkorlar soliq va statistik hisobotlarni elektron ravishda taqdim etishni yo'lga qoýganlar.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida tadbirkorlar uchun yanada keng imkoniyat yaratish maqsadida yangi xizmat ishga tushirildi. Endi tadbirkorlar o'zlariga tegishli elektron raqamli imzo orqali Yagona portaldan ro'yxatdan o'tishlari va xizmatlardan foydalanishlari mumkin. Ya'ni, ular Yagona portaldagi interaktiv xizmatlardan foydalanishlari uchun qo'shimcha chora-tadbirlarga hojat qolmadi, elektron raqamli imzolar yordamida ular portalda shaxsiy kabinetlariga ega bo'ldilar.

Eslatib o'tamiz, 2014 yildan boshlab tadbirkorlarga ish faoliyatlarida yuzaga kelayotgan to'siqlar xususida my.gov.uz - Yagona portal orqali, shuningdek Portalning qo'ngíroq-ma'lumotlar markazining bepul 200-18-18 raqamlari yordamida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga shikoyat yuborish imkoniyati yaratilgan.

Yagona portal orqali davlat organlariga yuborilayotgan har bir murojaat yuzasidan monitoring ishlari amalga oshiriladi va davlat idoralari ularga qonunchilikka binoan munosabatda bo'lishi belgilab qo'yilgan. Davlat organlarining aholi murojaatlariga sifatli munosabatini ta'minlash maqsadida taklif, ariza va shikoyat mualliflariga idoralarning javoblarini 5 ballik tizimda baholash, ularga izoh bildirish imkoniyati yaratilgan.  

Muallif: Axborot xizmati