Saytning yangi varianti

Soha nashrlari

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasi nashrlari

"Xabar" gazеtasi 1992 yil mart oyidan chiqa boshlagan. Gazеta haftada bir marta – juma kuni chiqadi. Gazеtaning bichimi – A-3. “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasida 16 sahifada, to‘rt xil rangda bosiladi.

"Xabar" gazеtasi O‘zbеkiston aloqa va axborotlashtirish agеntligining nashri bo‘lib, aloqa sohasidagi islohotlarni, AKT va kompyutеrlashtirishni rеspublikamiz hayotiga tatbiq etish jarayonini yoritish bo‘yicha mamlakatimizda o‘zbеk tilidagi yagona tarmoq gazеtasi hisoblanadi.

Gazеtamizda maxsus muxbirlarimizdan tashqari jamoatchi muxbirlar ham faol ishtirok etishadi. Gazеta har bir viloyatda o‘z muxbiriga ega.

Manbaa: xabar.uz

«Kutubxona.Uz» axborot-kutubxona texnologiyalari to’g’risidagi ilmiy-amaliy jurnali

Jurnalda yurtimizda axborot-kutubxona tizimida qo’llanilayotgan texnologiyalar, tizim yangiliklari, axborot-kutubxona markazlari faoliyatini takomillashtirishga doir islohotlar, bu boradagi mahalliy va xorijiy yangiliklar yoritiladi.

Shuningdek, jurnalda kutubxonalar, madaniyat, kitob va kitobxonlik, axborot jamiyati, fond va kollektsiyalar, kasb va ta’limga doir mavzularda ham maqolalar e’lon qilinadi. Kutubxonachilik, arxiv va elektron kitoblar haqida yorituvchi jurnal bir yilda 4 marta chop etiladi.

Manbaa: kutubxona.uz

"ICTNEWS" – soha rivojlanishining informatsion-tahliliy ko’rsatkichlariga bag’ishlangan nashr

Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashining 2009 yil 24 dekabrdagi 26-sonli majlis qaroriga binoan, 2010 yilning yanvar oyidan boshlab “ICTNEWS” axborot-tahliliy jurnali chop etilmoqda.

Nashrning asosiy vazifasi etib aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yangiliklarni hamda jamiyat hayotining turli jabhalarida AKTni joriy etish va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni yoritish belgilangan. Jurnalda chop etilayotgan materiallar respublika hayotining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini chuqur tatbiq qilish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarni operativ ravishda yoritib borishga xizmat qilmoqda.

Jurnal oyida bir marotaba chop etiladi.

Manbaa: ictnews.uz

«AloqaInform» jurnali

Mazkur «AloqaInform» jurnali O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiylari davlat qo’mitasininig rasmiy nashri hisoblanadi. Nashr o’zbek va rus tillarida har oyda bir marotaba nashr etiladi. Jurnalda sohaga iod hukumat qarorlari, Prezident qaror va farmonlari, Qo’mita qarorlari, kollegiyalarining qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy baza to’g’risidagi yangiliklar, maqolalar chop etiladi.  

«Ахбороткоммуникациялар: Тармоклар, Технологиялар, Ечимлар» jurnali

Nashrga 2007 yilda asos solingan va bir yilda to’rt marotaba nashr etiladi. O’zbekiston aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiylari davlat qo’mitasi, «UNICON.UZ» DUK fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi nashr muassislari hisoblanishadi.

Jurnal O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK Prezidiumi tavsiyasiga binoan ilmiy tadqiqotchilarning ishlari e’lon qilinadigan ilmiy nashrlar ro’yxatiga kiritlgan.  

«infoCOM.UZ» axborot-tahlil oylik jurnali

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy, «infoCOM.UZ» oylik jurnalining birinchi soni 2002-yil 25-noyabrda nashrdan chiqqan. Jurnal o‘tgan oy natijalariga asosan keyingi oyning birinchi o‘n kunligi mobaynida nashrdan chiqariladi.

Jurnalning asosiy konsepsiyasi axborot va kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi yangi texnologiyalarni jurnalxon uchun eng qulay va tushunarli shaklda keng targ‘ib qilish, ommalashtirishdan iborat. AKT sohasi mutaxassis va olimlarining jahonda va O‘zbekistonimizda tatbiq etilayotgan eng ilg‘or va ilmiy izlanish talab etuvchi texnologiyalar haqidagi fikr-mulohazari o’rin olgan.

Davlat hokimiyati vakillari — O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O‘zAAA), global telekommunikatsiya kompaniyalari O‘zbekiston ( «O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekiston pochtasi») DAK, yirik mobil aloqa kompaniyalari (Coscom QK), yetakchi internet-provayderlari (Sarkor Telecom MChJ, UzPAK, TPS, VSS), kompyuter xoldinglari (Nuron, ARKT Nihol), jamoat tashkilotlari (AKTni rivojlantirish jamg‘armasi, AKTni rivojlantirish va joriy qilish markazi) va hatto FM-radiostansiyalar (Setar) vakillarining ta’sischi va tahrir kengashi a’zosi sifatida ishtirok etishlari «infoCOM.UZ» jurnalini ijtimoiy nashrga aylantirdi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘g‘risidagi O‘zbekistonda yagona to‘larangli axborot-tahliliy jurnal O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirish va AKTni yanada rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi 6.06.2002-yil 200-sonli qaroriga muvofiq, AKT sohasida jahon va mamlakatimizdagi jarayonlar hamda yutuqlarni yorituvchi ixtisoslashtirilgan — «infoCOM.UZ» jurnalini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Jurnalning tematik mazmuni:
Aloqa va telekommunikatsiya.
Telekommunikatsiya sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari: mobil aloqa va peyjing, an’anaviy telefoniya, IP-telefoniya, radioaloqa, sun’iy yo‘ldoshli aloqa, pochta aloqasi. Texnologiyalar va aloqa vositalari sharhi. Aktiv va passiv qurilmalar. Yetakchi aloqa operatorlari haqida hikoyalar. O‘zbekistonda telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishiga oid muammolar va jarayonlar.

Manbaa: www.infocom.uz