Saytning yangi varianti

AKT haftaligiga bag'ishlangan matbuot anjumani

23 сентября 2013

E’tibor bering!

Joriy yilning 23 sentyabr kuni Aloqa tarixi muzeyida Axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligiga bag‘ishlangan matbuot anjmuni bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida tadbir tashkilotchilari, homiy tashkilotlar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

Tadbirda ta’kidlangani kabi, Mamlakatimizda so‘nggi yillarda turmush tarzimizning har bir sohasida axborot almashinuv texnologiyalarining muhim ishtirokiga guvoh bo‘lyapmiz. Shu nuqtai nazardan an’anaviy tarzda sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida tashkil etib kelinayotgan “InfoCom” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligidan o‘rin olgan qator tadbirlar nafaqat soha mutaxassislarida, balki ko‘p sonli axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilarda ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Tadbir tashkilotchilari mazkur Haftalikning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida to‘xtalib, tadbir doirasidagi Sammit, xalqaro anjuman hamda davra suhbatlarida yurtimizda elektron hukumatning joriy qilinishi, davlat organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan interaktiv xizmatlar, bu sohada O‘zbekiston va xalqaro tajriba o‘rganilishi, AKT ning ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalardagi faol ishtirokiga bag‘ishlangan muhokamalarda istiqboldagi rejalar belgilab olinishini ta’kidlab o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz, AKT haftaligi sentyabr oyining 28 sanasiga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumotlar www.ictweek.uz veb-saytida. 

Muallif: Axborot xizmati