Saytning yangi varianti

AKT bo'yicha attestatsiya o'tkazish

Kompyuter savodxonligini sertifikatlashtirish tizimi

Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish, xodimlar malakasini va ko'nikmalarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo'yicha talablariga muvofiqligini baholashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 27 oktyabrdagi 289-son qarori qabul qilindi.

 Ushbu qarorga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi: 
1.Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasini kompyuter texnikasi ishida va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha oshirishga qo'yiladigan davlat talablari: 
2.Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarini kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo'yicha talablariga muvofiqligiga attestatsiyadan o'tkazish tartibi to'g’risida nizom:
3.Kompyuter savodxonligining minimal darajasi bo'yicha talablariga muvofiqligiga attestatsiyadan o'tishi lozim bo'lgan davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining xodimlari lavozimlarining ro'yxati.

 Ushbu qarorning bajarilishi maqsadida kompyuter savodxonligini sertifikatlashtirish tizimi KSBT yaratildi, bu tizim testdan o'tkazilayotgan xodimning kompyuter texnologiyalari sohasidagi bilimlarining minimal darajasini aniqlash uchun sertifikatlash-tirilgan on-layn testlashni o'tkazish tizimi hisoblanadi. 
 Testdan o'tkazishning natijasi bo'lib sertifikat hisoblanadi, ushbu sertifikatga egalik qilish bilimlari ko'rsatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlaydi.
Sertifikat namunasi 
 Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash qaroriga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi va ma'qullandi: 
 Attestatsiyadan o'tkazish grafigi
 O'quv dasturi
 Sertifikatni tekshirish