Saytning yangi varianti

Tizimdagi tashkilotlar

Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi UNICON.UZ

Asosiy funktsiyalar

axborot tizimlari, texnologiyalari va xizmatlarini yaratish, rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha muammoli ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari hamda monitoringini o‘tkazish;

axborot tizimlari sohasida ilg‘or texnologiyalar, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini yaratish, joriy etish va foydalanish bo‘yicha yagona shartlar hamda normativ, texnik va texnologik talablar, qoidalar va normalarni ishlab chiqish;

normativ hujjatlarni tayyorlash;

axborot tizimlari sohasida sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshirish;

tarmoqda standartlashtirish va metrologiya bo‘yicha ishlarni olib borish va muvofiqlashtirish;

normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tarmoq xavfsizligini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha chora- tadbirlarni amalga oshirish.

Telefon: 150-34-01, 234-79-00 Факс: 235-79-07, 150-33-76 Faks: 235-79-07, 150-33-76
Manzil: 100084, Toshkent, Bog'ishamol, 7а
Elektron pochta: info@unicon.uz
Sayt: www.unicon.uz
Xasanov Xislat Po'latovich Direktor v.v.b.

Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi

Asosiy funktsiyalar

ilmiy-texnik yutuqlar asosida respublika hududida radioaloqa, radioeshittirishlar, efirli va kabel televideniyesi vositalaridan foydalanish va rivojlani-shini ta‘minlash hamda aholi, korxonalar, tashkilotlar va respublika mudofaasi ehtiyojlarining yanada to‘liq va har tomonlama qondirilishi maqsadida ushbu vositalar ishi sifatining oshishi.

Telefon: 234-67-91, 235-22-67 Faks: 234-45-17, 144-52-57
Manzil: Toshkent, 100084, Amir Temur ko’chasi 109
Elektron pochta: info@crrt.uz
Sayt: www.crrt.uz
Ziyaev G'olibsher Meliboevich Bosh direktor

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Asosiy funktsiyalar

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining korxonalari, tashkilotlari va muassasalari, boshqa vazirliklar va idoralar ehtiyojlari uchun aloqa sohasidagi oliy ma‘lumotli mutaxassislarni tayyorlash;

aloqa va axborotlashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

Telefon: 235-09-34 Faks: 235-09-34
Manzil: 100084, Toshkent sh., Amir Temur ko‘ch., 108
Elektron pochta: teic@uzpak.uz
Sayt: www.tuit.uz
Muxitdinov Xakim Asrorovich Rektor

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi

Asosiy funktsiyalar

mahalliy, shaharlararo va xalqaro elektr aloqa xizmatlari bozorining ehtiyojlarini qondirish, ular nomenklaturasini kengaytirish va raqobatbardoshligini ta‘minlash;

vositalar va tarmoqlarning zamonaviylashtirish va texnik qayta jihozlash dasturlarini, shu jumladan, chet el sarmoyalarini keng jalb qilish va qo‘shma korxonalarni yaratish asosida amalga oshirish, axborot tizimlarini yaratish sohasiga jahon yutuqlarini tadbiq etish va ularning ishlashi;

bozor islohotlarini keyingi rivojlantirilishi;

respublika axborot tizimlarining telekommunikatsiyalar va informatika jahon tarmog‘iga integratsiyasini ta‘minlash;

telekommunikatsiya vositalari va tarmoqlari ishlashining axborot xavfsizligini ta‘minlash;

kompaniya tarkibiga kirgan tarkibiy bo‘linmalar, boshqa yuridik shaxslarni boshqarish;

Telefon: 233-42-59 Faks: 236-01-88
Manzil: 100000, Toshkent sh., Amir Temur ko‘ch., 24
Elektron pochta: info@uztelecom.uz
Sayt: www.uztelecom.uz
Abdumo'minov Abdurashid Abduaxadovich Bosh direktor

«O‘zbekiston pochtasi» ochiq aksiyadorlik jamiyati

Asosiy funktsiyalar

pochta aloqasi xizmatlari bozorining ehtiyojlarini qondirish, ular nomenklaturasini kengaytirish va raqobatbardoshliligini ta‘minlash;

pochta aloqasi vositalari va tarmoqlarini zamonaviylashtirish va texnik qayta jihozlash dasturlarini amalga oshirish;

pochta aloqasi sohasidagi jahon yutuqlarini joriy etish, pochta aloqasi xizmatlari va qimmatli qog‘ozlar bozorining marketing tadqiqotlari va monitoringini o‘tkazish;

bozor islohotlarini chuqurlashtirish, pochta aloqasi tarmog‘i va texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirishga investitsiyalar, shu jumladan, chet el investitsiyalarini jalb etish;

pochta aloqasi tarmog‘ining turg‘un ishlashini ta‘minlash maqsadida davlat aksiyalari paketlari orqali kompaniya tarkibiga kirgan aksiyadorlik jamiyatlari, boshqa yuridik shaxslarni boshqarish.

Telefon: 233-57-47 Faks: 236-09-21
Manzil: 100000, Toshkent sh., A.Tolstoy ko‘ch.,1
Elektron pochta: gak@post.uz
Sayt: www.pochta.uz
Qosimov Rustam Saidovich Bosh direktor

«Matbuot tarqatuvchi» aksiyadorlik kompaniyasi

Asosiy funktsiyalar

respublika va boshqa davlatlar aholisini O‘zbekiston Respublikasining davriy nashrga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;

davriy nashrga bo‘lgan ehtiyoj marketingi va monitoringini tashkil etish;

chakana savdo kiosklari tarmog‘i va davriy nashr tarqatuvchilari orqali davriy nashr tarqatilishini ta‘minlash;

chakana savdo kiosklari tarmog‘ini ratsional va samarali joylashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

«O‘zbekiston pochtasi» OAJning korxonalari bilan birgalikda davriy matbuotning iste‘molchilarga o‘z vaqtida eltib berilishini ta‘minlash, shuningdek, davriy matbuotga obunani va uning aloqa bo‘limlari tarmog‘i orqali amalga oshirilishini tashkil etish.

Telefon: 233-75-49 Faks: 233-67-98
Manzil: 100000, Toshkent sh., Amir Temur ko‘ch., 1-tor ko‘cha, 2
Elektron pochta: akmt@uzpak.uz
Sayt: www.akmt.uz
Najbiddinov Suvon Urinovich Bosh direktor

Respublika maxsus aloqa bog‘lamasi

Asosiy funktsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining apparati, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Oliy Majlisini barcha aloqa turlari (YuChdan tashqari) bilan ta‘minlash .

Telefon: 239-19-49, 233-64-54 Faks: 239-17-10
Manzil: 100000, Toshkent sh., Ya.G‘ulomov ko‘ch., 2
Elektron pochta: rmab@rmab.uz
Sayt: www.rmab.uz
Mirnosirov Mirkomil Mirxaydarovich Boshliqning v.v.b.

Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi

Asosiy funktsiyalar

milliy axborot makoni va ommaviy kommunikatsiyalar vositalari faoliyatining, shu jumladan, zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, yo‘ldosh tizimlar, Internetning global tarmog‘i, axborotni uzatish va tarqatishning boshqa elektron vositalarining hamda matbaa mahsulotlarining tizimli monitoringini olib borish;

ommaviy kommunikatsiya vositalarida tarqatiladigan axborot materiallari mazmunining axborot muhitida shaxs, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilishni, fuqarolarning ijtimoiy ongiga buzg’unchi salbiy axborot-ruhiy ta‘sirning oldini olishga, milliy - madaniy an‘analarini saqlab qolish va ularning uzviyligini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini o’rganib chiqish;

mamlakatimizning ommaviy axborot va kommunikatsiya vositalari samarali faoliyat ko’rsatishiga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash, milliy axborot bozorining har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga doir takliflarni ishlab chiqish;

ommaviy kommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyati monitoringi natijalari bo‘yicha umumlashtirish hamda qonun hujjatlari talablarining aniqlangan buzilishlari bo’yicha tavsiyalar, ogohlantirishlar va xulosalar berish;

yangi texnologiyalar joriy etilishiga qarab ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring tizimini takomillashtirish, axborot resurslarini, axborotni uzatish va tarqatish tizimlari hamda vositalarini shakllantirish;

qonun hujjatlarini, axborot sohasida normativ-huquqiy ta‘minlashni takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani, zamonaviy talablar va standartlarni hisobga olgan holda ommaviy kommunikatsiya vositalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Telefon: 244-62-33 Faks: 244-38-29
Manzil: 100011, Toshkent, Navoiy ko‘ch., 30
Elektron pochta:
Sayt:
Hamidov Baxtiyor Fayzullaevich Boshliq

Elektromagnit moslashuv markazi

Asosiy funktsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi hududida Radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan radiochastota spektridan foydalanish davlat siyosatini amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning ishchi radiochastotalar va chaqiruv signallarining vazifasi va hisobga olinishi;

radioelektron vositalarning radiochastota spektridan foydalanish masalalari bo‘yicha manfaatdor va vakolatga ega davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik va kelishuv siyosatini olib borish;

radio qabul qilishga individual xalaqitlar bostirilishini ta‘minlovchi elektr qurilmalar, mexanizmlar, apparatlar va asboblarni, zarur moslamalar bilan jihozlanishini nazorat qilish.

Telefon: 230-41-34, 230-61-39 Faks: 230-61-12
Manzil: 100015, Toshkent shahar, Nukus ko'chasi 22 Б
Elektron pochta: cemс@cemc.uz
Sayt: www.cemс.uz
Mansurov Rustam Po‘latovich Boshliq

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi

Asosiy funktsiyalar

lisenziya berilganligi uchun davlat boji to’lashdan tushuvchi mablaglarning 50 foizi va aloqa sohasida faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shahslarga solingan jarima jazolari mablaglarining 50 foizi, hamda alohida aloqa va ahborotlashtirish korxonalarining badallarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa mablag‘larni to’plash; ;

ma‘lumotlarni uzatish tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida ustuvor ilmiy-tadqiqot ishlari va dasturlarini moliyalashtirish uchun jamg‘arma hisobida yig‘iladigan mablag‘lardan foydalanish;

qishloqlar va uzoqda joylashgan punktlar telekommunikatsiya infratuzilmasini qayta jihozlash va keyingi rivojlanishini maqsadli moliyalashtirilish;

mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining rivojlantirilishini moliyalashtirish;

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi apparati, shuningdek, uning tizimiga kiruvchi tartibga solish, boshqarish va nazorat davlat organlarining faoliyatini moliyalashtirish.

Telefon: 233-61-53, 238-41-30 Faks: 236-32-29
Manzil: 100011, Toshkent sh., Navoiy ko‘ch., 28a
Elektron pochta: fond@aci.uz
Sayt: www.fond-ict.uz
Toxirov Baxtiyor Ibragimovich Direktor

Davlat feldyegerlik xizmati

Asosiy funktsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi, hukumat muassasalari, ichki ishlar, milliy xavfsizlik va mudofaaning yuqori organlarini va diplomatik xizmatlarini harbiy-kuryerlik aloqa bilan xizmat ko‘rsatishi.

Telefon: 245-08-60 Faks:
Manzil: 100129, Toshkent sh., Xo‘jayev ko‘ch., 5
Elektron pochta:
Sayt:
Migmanov Rafkat Taufiqovich Boshliq

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi

Asosiy funktsiyalar

O‘zbekiston Respublikasi aloqa obyektlari va telekommunikatsiya tarmoqlarida avariya-tiklash ishlarini bajarish;

favqulodda vaziyatlarda mobilizatsiya zaxirasi va avariya-tiklash ishlari zaxirasining moddiy vositalarini to‘plash va sifatli saqlash;
alohida muhim va toifalangan aloqa obyektlarini harbiylashtirilgan qo‘riqlashni taminlash.

Telefon: 233-55-50 Faks: 233-55-50
Manzil: 102031, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Solnechniy poselkasi
Elektron pochta: recovery@uzpak.uz
Sayt:
Sabirov Yuriy Gafurovich Boshliq

O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi

Asosiy funktsiyalar

telekommunikatsiya tarmoqlarining samarali ishlashining muvofiqlashtirilishi, telekommunikatsiya resurslaridan ratsional foydalanish va rivojlanishini ta‘minlash;

telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojning yanada to‘liqroq qondirilishi, davlat hokimiyati va boshqaruv, mudofaa va milliy xavfsizlik organlari manfaatlarida tarmoqlardan ustuvor foydalanish uchun turli operatorlar tarmoqlarini muvofiqlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish;

favquloddagi vaziyatlar va alohida davr sharoitlarida barcha turdagi telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini markazlashtirilgan boshqaruvini amalga oshirish.

Telefon: 233-36-63 Faks: 233-72-78
Manzil: 100000, Toshkent shahar, Oloy ko'ch. 23
Elektron pochta: tmc@rtmc.uz
Sayt: www.rtmc.uz
To'xtaev O'roq Ganievich Direktor

Respublika axborot-kutubxona markazi

Asosiy funktsiyalar

aholiga axborot-kutubxona xizmatlari ko`rsatish va ularni rivojlantirish;

universal axborot resurslarini, milliy va horijiy nashrlar (bosma, audiovizual, elektron va boshqalar) fondni shakllantirish, saqlash va ularni berilishini ta`minlash;

elektron kutubxona tizimi rivojlantirilishini, kutubxona axborot resurslari tizimlashtirilishini, xamda aholining keng qatlamlari axborot-kutubxona markazlari resurslaridan foydalanishini ta`minlash;

axborot-resurs markazlarining faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy-metodik jihatdan ta`minlash.

Telefon: 234-18-76 Faks: 234- 01- 68
Manzil: 100202, Toshkent shahar, Bog'ishamol ko'ch. №7
Elektron pochta: ribc@infolib.uz
Sayt: www.infolib.uz
Abduazizov Alisher Abdushukurovich Direktor

Davlat aloqa inspeksiyasi

Asosiy funktsiyalar

mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat‘iy nazar pochta va telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan amaldagi qonun va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablari hamda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi belgilangan sertifikatlashtirish tartibi bajarilishining davlat nazorati;

iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish hamda pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan taqdim etiladigan xizmatlar sifatini ta‘minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Telefon: 234-41-18 Faks: 233-71-09
Manzil: 100200, O'zbekiston, Toshkent shahri, Shayxontoxur tumani, Shayxontoxur ko'chasi, 136-А-uy
Elektron pochta: qabulhona@gis.uz
Sayt: www.gis.uz
Umarxodjayev Farxod Tilyamuratovich Boshliq

«UZINFOCOM» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi

Asosiy funktsiyalar

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining buyurtmasi bo‘yicha axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida dasturlar loyihasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

real iqtisod tarmoqlari, boshqaruv, biznes, sog‘liqni saqlash, fan va ta’lim sohasi uchun, shuningdek, elektron tijorat dasturini amalga oshirish uchun amaliy va moslashtirilgan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish uchun tenderlarda ishtirok etish;

kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish masalalari bo‘yicha boshqaruv organlari, budjet tashkilotlari va xususiy biznesga keng ko‘lamli axborot, servis va konsalting xizmatlarini ko‘rsatish;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ushbu sohadagi zamonaviy xalqaro standartlari rivojlanishining jahon va mahalliy tendensiyalari to‘g‘risida har chorakda ma‘ruza va obzorlarni tayyorlash.

Telefon: 238-42-00 Faks: 238-42-48
Manzil: 100011, Toshkent sh., A. Navoiy ko‘ch., 28b
Elektron pochta: info@uzinfocom.uz
Sayt: www.uzinfocom.uz
Djuraev Ibroxim Djuraevich Direktor